Isroil–Hamas urushi: Bitcoin xavf ostidami!?️
QISQACHA
Isroil va Hamas o‘rtasida keskinlik boshlanganidan beri Bitcoin uchun ishlar yaxshi ketmayapti.
Binance bosh direktori Changpeng Zhao BTC 2024-yilgacha 61 000 dollarlik ATH ko‘rsatkichidan oshib ketishi mumkinligini taxmin qildi.
Isroil-Falastin inqirozi avjida Bitcoin bo‘yicha 55 million dollardan ortiq long pozitsiyalar likvidatsiya qilindi. Kripto bozori kapitallashuvi 2% ga pasaygan bir paytda, 11-oktabr, chorshanba kuni Bitcoin (BTC) 27 000 dollardan pastga tushdi. Binance bosh direktori Changpeng Zhaoning fikricha, Bitcoin 2024-yilgacha 61 000 dollarlik tarixiy rekordidan oshib ketishi mumkin.
Chorshanba kunidan beri Binance bosh sahifasida Bitcoin halvingigacha qolgan vaqt aks ettirilgan sanoq taymeri ko‘rsatilmoqda. Platforma rahbari Changpeng Zhao bundan foydalanib, Bitcoin so‘nggi uchta halving siklining har biridan keyin — 2012, 2016 va 2020-yillarda — tarixiy eng yuqori ko‘rsatkichlarga erishganini eslatdi. #BTC