FTX kriptovalyuta birjasi qamoqda saqlanayotgan asoschisi Sem Bankman-Frid 20-dekabr kuni hujjatlarni imzolagani, tez orada Federal qidiruv byurosi (FBI) agentlariga topshirilishi va jinoiy ayblovlarga duch kelish uchun AQShga olib ketilishi haqida xabar berildi.
Bankman-Frid shu hafta boshida, 19-dekabr kuni, AQShga ekstraditsiya qilinishiga prinsipial jihatdan rozi bo‘lgani xabar qilingach, bu qadam kutilgan edi. Bunga qadar tarqalgan xabarlarda esa u avval o‘ziga qarshi ayblov xulosasini ko‘rishni istayotgani aytilgandi.