Peer-to-peer kriptovalyuta savdo platformasi Paxful bozor kapitallashuvi bo‘yicha dunyodagi ikkinchi yirik kriptovalyuta bo‘lgan Ethereum’ning mahalliy tokeni Ether’ni (ETH) o‘z platformasidan olib tashladi. Bunga ushbu kriptovalyuta bilan bog‘liq bir qator xavotirlar sabab bo‘ldi.
Paxful bosh direktori Rey Yusuf bu qarorni platformaning qariyb 11,6 million foydalanuvchisiga yo‘llagan xabarida e’lon qildi. Keyin u bu xabarni Twitter’dagi sahifasida ulashib, shunday dedi:
"Nihoyat, #ethereum’ni platformamizdan olib tashladik. 11,6 million inson endi xavfsizroq. Daromaddan ko‘ra halollik muhim
Keyingi kim ?"
https://twitter.com/raypaxful/status/1605529289054527488?s=20&t=aFGopfItQb2z8p3wzKShEQ
YOussef Ethereum ekotizimiga oid uchta asosiy muammoni ta’kidlab o‘tdi. Bu Paxful’ning o‘z yaxlitligini saqlash va fiat pul tizimlari sababli butun dunyoda yuzaga kelayotgan «iqtisodiy aparteid»ga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlarini asos qilib, savdo platformasidan ETH’ni olib tashlashiga olib keldi.