Impact Theory podkastida Artur Heys yaqinlashib kelayotgan Bitcoin buqa bozori haqidagi nazariyasini muhokama qildi. Uning fikricha, BTC 2023-yilda 25 000 dollardan 30 000 dollargacha bo‘lgan oraliqda yonlama harakatlanadi. Keyin esa qandaydir moliyaviy beqarorlik 2024-yilda foiz stavkalarining yana nolga tushishiga sabab bo‘ladi.
Foiz stavkalarining pasayishi, kriptovalyutaning halving hodisasi va spot Bitcoin ETF’larining ishga tushirilishi 2024-yil oxiriga kelib Bitcoin narxini 70 000 dollarga olib chiqadi. Artur Heys shunday dedi:
“Ana o‘shanda haqiqiy zavq boshlanadi. Haqiqiy buqa bozori ana o‘shanda boshlanadi.”
2026-yil haqida u yana batafsil fikr bildirdi:
“Menimcha, 2026-yilga borib Bitcoin narxi 750 000 dollardan 1 million dollargacha bo‘ladi. Buning sababi — yana bir bor aytaman, men bu insoniyat tarixida moliyaviy aktivlar orasida ko‘rilgan eng yirik buqa bozori bo‘ladi, deb ishonaman.”
“Bitcoin narxi aql bovar qilmas darajaga yetibgina qolmay, NASDAQ ham, S&P ham aql bovar qilmas narxda bo‘ladi. Qayerda bo‘lishingizdan qat’i nazar, istalgan fond indeksini tanlang — uning narxi ham aql bovar qilmas darajada bo‘ladi.”
2023-yilda Fed foiz stavkalari 22 yillik eng yuqori darajaga yaqin edi. Albatta, foiz stavkalarining keskin oshishi sababli bozorda likvidlik tanqisligi yuzaga keldi. Biroq Hayes markaziy banklar foiz stavkalarini pasaytirishni boshlaydi va miqdoriy yumshatish siyosatini qayta tiklaydi, deb hisoblaydi. Bu esa buqa bozorini boshlab beradi.
Agar bu ma’lumot sizga yoqsa, layk bosing ll Ulashing ll Kuzatib boring
