Zamonaviy kriptovalyutada o‘zaro muvofiqlik (interoperability) doimiy shov-shuv bo‘layotgan atama. Barcha blokcheynlar boshqa zanjinlar bilan o‘zaro muvofiq bo‘lishga intiladi. O‘zaro muvofiqlik nima? Blokcheyn kontekstida o‘zaro muvofiqlik — turli blokcheyn tarmoqlarining bir-biri bilan muloqot qilishi va o‘zaro ishlashi qobiliyatidir. Bu shuni anglatadiki, foydalanuvchilar turli blokcheynlar o‘rtasida aktivlar va ma’lumotlarni o‘tkazishi, shuningdek, ishlab chiquvchilar bir nechta blokcheynda ishlaydigan ilovalarni yaratishi mumkin. CUDOS boshqa zanjinlar bilan juda yuqori o‘zaro muvofiqlikka ega. CUDOS blokcheyni o‘zaro muvofiqlikda ishlaydigan blokcheyn tarmoqlarini qurish uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minot — Cosmos SDK asosida yaratilgan. Cosmos SDK CUDOS’ning boshqa Cosmos zanjinlariga ulanishini osonlashtiradigan turli vositalar va imkoniyatlarni taqdim etadi. CUDOS dastlab Ethereum tarmog‘ida ishga tushirilgani, keyin esa Cosmos’ga o‘zining mainnet tarmog‘iga ko‘chirilgani haqida bilib olishingiz qiziq bo‘ladi. CUDOS o‘zaro muvofiqligining afzalliklari (1) Foydalanuvchilar sonining kengayishi: O‘zaro muvofiqlik turli blokcheyn tarmoqlaridan foydalanuvchilarga CUDOS’ga kirish va undan foydalanish imkonini beradi. Bu CUDOS uchun potensial foydalanuvchilar bazasini kengaytiradi, tarmoq effektini va blokcheynning umumiy qabul qilinishini oshiradi. (2) Ko‘proq innovatsiya: CUDOS o‘zaro muvofiqligi ishlab chiquvchilarga faqat bitta blokcheyn bilan cheklanmagan ilovalar yaratish imkonini beradi. Bu cross-chain o‘yinlar va o‘zaro ishlaydigan DeFi ilovalari kabi ko‘proq innovatsion va kuchli ilovalarga olib kelishi mumkin. (3) Foydalanish qulayligining ortishi: CUDOS o‘zaro muvofiqligi foydalanuvchilarga turli blokcheynlar o‘rtasida aktivlar va ma’lumotlarni ko‘chirishni osonlashtiradi. Bu esa ular qaysi blokcheynda yaratilganidan qat’i nazar, turli blokcheyn ilovalari va xizmatlaridan foydalanishni yengillashtiradi. XULOSA Xulosa qilib aytganda, CUDOS o‘zaro muvofiqligi blokcheyn ekotizimi uchun katta afzallikdir. Turli blokcheyn tarmoqlarining bir-biri bilan muloqot qilishi va o‘zaro ishlashini osonlashtirgan holda, CUDOS yanada yagona va o‘zaro bog‘langan blokcheyn ekotizimini shakllantirishga yordam bermoqda. CUDOS’dagi so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun iltimos tashrif buyuring:🌐 www.cudos.org🐤 twitter.com/CUDOS_🗞️ medium.com/cudos🎬 youtube.com/c/CUDOS#CUDOS #CloudComputing #web3