🔶Cross (Kross) va Isolated (Izolyatsiyalangan) marja
🔶Izolyatsiyalangan marja:**Tasavvur qiling, fyuchers hamyoningizda 500$ mablag‘ bor va siz Isolated rejimida 50$ bilan savdo pozitsiyasini ochdingiz. Keyin bu savdo sizga qarshi ketib, zarar ko‘ra boshladingiz. Zarar 50$ ga yetmaguncha, pozitsiyangiz ochiq qoladi. Bunda qolgan 450$ mablag‘ingiz xavfsiz saqlanadi va ishlatilmaydi. Bu holatda xohlasangiz, ushbu pozitsiyaga Isolated rejimida yana mablag‘ qo‘shishingiz mumkin.
🔶Kross marja:**Boshqa tomondan, kross marjada savdoingiz fyuchers hamyoningizdagi jami mablag‘ hisobidan amalga oshadi. Avvalgi kabi 50$ ni kross marjaga qo‘ysangiz va savdo sizga qarshi keta boshlasa, zarar 50$ dan oshganida qolgan 450$ mablag‘ingizdan avtomatik ravishda yechila boshlaydi. Shuningdek, muayyan likvidatsiya narxi belgilanadi. Savdoingiz shu narxga yetsa, barcha mablag‘ingiz likvidatsiya qilinadi, ya’ni fyuchers hamyoningizdagi balans nolga tushadi.
**Mana shu kross va izolyatsiyalangan marja deyiladi**