Haftalik sarhisob:

MicroStrategy o‘rtacha 27053$ narxda 147.3M$ evaziga yana 5445 $BTC ta sotib oldi.

Mixin tarmog‘i xakerlik hujumiga uchradi, xakerlar taxminan 200M$ mablag‘ni o‘g‘irladi.

Chase banki Buyuk Britaniyadagi mijozlar uchun kriptovalyutaga oid to‘lovlarni taqiqlaydi.

Kraken kripto birjasi aksiyalar savdosini yo‘lga qo‘ymoqchi.

Coinbase AQShdan tashqaridagi chakana mijozlarga muddatsiz fyucherslarni taklif qilish uchun tartibga soluvchi organlardan ruxsat oldi.

SEC BlackRock’ning Bitcoin spot ETF’i bo‘yicha qarorini kechiktirdi.

Bankrot bo‘lgan Three Arrows Capital kripto kompaniyasi asoschisi Su Zhu Singapurda hibsga olinib, 4 oyga qamoq jazosiga hukm qilindi.

Google Cloud Polygon PoS tarmog‘ida validator sifatida xizmat ko‘rsatishini e’lon qildi.

$BTC sentabr oyining oylik shamini yashil rangda yopdi.