Gonkongda joylashgan CoinEx Global kriptovalyuta birjasi seshanba kuni kiberhujumga uchradi. Natijada taxminan 43 million AQSh dollari qiymatidagi kriptovalyutalar yo‘qotildi.
Tegishli maqola: Suvaraklar davrida kriptovalyuta
Qisqacha ma’lumot
Birja hujum oqibatida yo‘qotilgan kriptoaktivlarning to‘liq hajmini hali ham baholamoqda. Biroq chorshanba kuni ertalab buzib kirish bilan bog‘liq shubhali hamyon manzillarining ikkinchi to‘plamini aniqlaganini ma’lum qildi. Bu manzillar Ether, XRP, Solana, Kadena va Dagger kabi tokenlarni o‘marib ketgan.
#CoinExResponseUpdate – Buzib kirish bilan bog‘liq shubhali hamyon manzillarining 2-to‘plamini aniqladik:$ETH:0x2118e4432d668aCFa347ddBA0efCcc6BB04DB2970x1A61Df134d766f1e240FBFAEe79bBeCC04195f620x40cBe7580168d52b7FEC884120B31115c3F7E37E$XRP:…
— CoinEx Global (@coinexcom) 2023-yil 13-sentabr
CoinEx’ning so‘nggi yangilanishidan oldin blokcheyn xavfsizligi bilan shug‘ullanuvchi PeckShield firmasi chorshanba kuni X’da (sobiq Twitter) birja yo‘qotishlari taxminan 43 million AQSh dollarini tashkil etishini aytdi. CoinEx aniqlagan, xakerlik hujumi bilan bog‘liq manzillarning dastlabki to‘plami platformadan Ether, Bitcoin va Tron’ni o‘g‘irlagan.
CoinEx seshanba kuni hujumdan so‘ng X’dagi akkauntida e’lon qilingan xabarda barcha foydalanuvchilarning aktivlari xavfsiz ekanini bildirdi. Birja depozit va pul yechib olish xizmatlarini to‘xtatdi hamda hujum oqibatida zarar ko‘rgan foydalanuvchilarga barcha yo‘qotishlar to‘liq qoplanishini kafolatladi.
Blokcheyn sud-ekspertizasi bilan shug‘ullanuvchi Chainalysis firmasiga ko‘ra, xakerlar o‘tgan yili 3,8 milliard AQSh dollaridan ortiq kriptovalyutani o‘g‘irladi. Bu mablag‘ning 1,7 milliard AQSh dollarini Shimoliy Koreya qo‘llab-quvvatlaydigan kiberjinoyatchilar xakerlik hujumlari orqali qo‘lga kiritgan.
Tegishli maqolani ko‘ring: Kripto xakerlari 2022-yilda rekord darajadagi 3,8 milliard AQSh dollarini o‘g‘irladi, asosan DeFi va blokcheynlararo ko‘priklardan: Chainalysis
