
Liviyada yaqinda sodir bo‘lgan toshqinlar keltirgan vayronagarchiliklarga javoban, Binance Liviyada Proof of Address (POA)ni yakunlagan barcha Binance foydalanuvchilariga BNBdan 100 AQSh dollariga teng airdrop qiladi.
Foydalanuvchilarning identifikatsiyasi mamlakat bo‘yicha 2023-yil 11-sentabrgacha yakunlangan POA asosida amalga oshiriladi.
2023-yil 11-sentabrgacha POAni yakunlagan foydalanuvchilarning har biri Binance hisobiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 100 AQSh dollariga teng BNB oladi. 2023-yil 11-sentabrdan keyin va 2023-yil 30-sentabrgacha POAni yakunlaydigan mavjud foydalanuvchi uchun esa biz Binance hisobingizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 25 AQSh dollariga teng BNB xayriya qilamiz. Bundan tashqari, Liviyada faol tranzaksiyalar qilayotgan barcha foydalanuvchilar BNB shaklida 10 AQSh dollarini oladi.
Mablag‘lar 2023-yil 13-sentabrdan boshlab foydalanuvchilarimizga yetib boradi.
POA usulining cheklovlari va noaniqliklari bo‘lsa-da, potensial ta’sirlangan foydalanuvchilarni aniqlash uchun bizda mavjud eng yaxshi usul shu. BNB uchun 500 000 AQSH dollargacha miqdorda majburiyat (commitment) bilan, ushbu sa’y-harakatlar doirasida 13 000 ga yaqin foydalanuvchini bevosita qo‘llab-quvvatlashni kutamiz.
Tabiiy ofatlar ortidan odamlar ko‘pincha aynan qo‘shimcha mablag‘ eng kerak bo‘lgan paytda an’anaviy bank xizmatlaridan foydalana olmay qoladi — bu tibbiy vositalar, oziq-ovqat va boshqa muhim ehtiyojlarni qoplash uchun kerak bo‘ladi.
Kripto o‘tkazmalari endilikda ofat qurbonlariga moliyaviy yordam yetkazishda tobora ko‘proq qo‘llanilmoqda, chunki ular tezkor, arzon va chegarasiz hamda shaffof tranzaksiyalarni ta’minlaydi.
Binance Charity shuningdek, har kim xayriya qilishi mumkin bo‘lgan ommaviy xayriya manzilini ham ishga tushirdi. Ushbu manzilga kelib tushadigan har qanday mablag‘ uchun biz kriptoning umumiy miqdorini ruxsat etilgan NNTga (tez orada nomi aytiladi) muhtoj insonlarga yordam berish uchun o‘tkazamiz. Xayriyalar BNB, BTC, ETH, USDC, USDT yoki BUSD’da qabul qilinadi.
Bu murakkab davrlarda Binance foydalanuvchilarimiz yonida turadi va biz Liviyada jamoamizga yordam berish uchun qo‘shimcha yo‘llar ustida ishlashda davom etamiz. Binance shuningdek, yaqinda Ukraina, Turkiya va Marokashdagi foydalanuvchilarga ham yordam ko‘rsatgan.
