London fond birjasi blokcheyn asosidagi raqamli bozor bilan yangi marralarni zabt etmoqda. Muvaffaqiyatli qadam sifatida London fond birjasi (LSEG) blokcheyn texnologiyasi bilan ishlaydigan raqamli bozorni joriy etish bo‘yicha ambitsiyali rejasini e’lon qildi. Bu an’anaviy moliyaviy aktivlar uchun ushbu innovatsion yondashuvni qabul qilayotgan ilk yirik birja ekani ta’kidlanmoqda, deb yozadi Financial Times.Jarayonni LSEG’ning Capital Markets rahbari Murray Roos ma’lum qildi. U bu qaror bir yillik tadqiqot ishlari natijasidan keyin qabul qilinganini urg‘uladi.Amuhim jihati shundaki, Roos mazkur tashabbus kriptovalyuta aktivlarini o‘z ichiga olmasligini aniqlashtirdi. Buning o‘rniga, LSEG blokcheynning samaradorlik va shaffoflik afzalliklaridan foydalanib, an’anaviy aktivlar bo‘yicha savdo va egalik qilish tajribasini takomillashtirishni ko‘zlamoqda.Agar muvaffaqiyatli bo‘lsa, LSEG investorlar uchun end-to-end blokcheyn ekotizimini yaratib, qimmatli qog‘ozlar birjalari dunyosida muhim bosqichga erishadi.Birja hatto ushbu raqamli bozor tashabbusi uchun alohida yuridik shaxs tashkil etishni ham ko‘rib chiqmoqda. Raqamli bozor doirasida birinchi bozorni esa tartibga solish (regulyator) ruxsatiga bog‘liq holda, kelasi yil ichida ishga tushirish rejalashtirilgan.Roos bu raqamli bozor loyihasi LSEG’ning an’anaviy biznesiga raqobat bo‘lmasligini, aksincha innovatsiyalarga bo‘lgan sadoqatini kuchaytirish va Londonga moliyaviy markaz sifatidagi obro‘sini davom ettirib qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.LSEG hozirda bir nechta yurisdiksiyalarda, jumladan Buyuk Britaniya hukumati va G‘aznachilik (Treasury) bilan regulyatorlar bilan muzokaralar olib bormoqda.Aprel oyidagi oldingi qadamda LSEG Global Futures and Options bilan hamkorlikni e’lon qilgan. Hamkorlik doirasida Bitcoin bo‘yicha indeks fyucherslari va options (opsion) derivativlari uchun savdo hamda kliring xizmatlari taklif etiladi. Bu LSEGning raqamli aktivlar va blokcheyn texnologiyasiga qiziqishi davom etayotganini ko‘rsatadi.