Elastic Chain foydalanuvchilar tajribasini o‘zgartirib, undan foydalanishni hamma uchun qulayroq va tushunarliroq qiladi. Matter Labs foydalanish qulayligi, uzluksiz o‘zaro ishlash va foydalanuvchilar uchun qulay interfeyslarga urg‘u berib, odamlarning blokcheyn texnologiyasi bilan o‘zaro munosabatini o‘zgartiradi.

Ushbu maqolada bu yaxshilanishlar voqealar rivojini qanday o‘zgartirishi hamda blokcheyn texnologiyasidan foydalanishni qulayroq va ommaboproq qilishi mumkinligi ko‘rib chiqiladi.

Bir marta bosish orqali boshlash

Murakkab boshlang‘ich sozlash jarayoni blokcheynning ommalashishiga katta to‘siq bo‘lib kelgan. An’anaga ko‘ra, yangi foydalanuvchilar boshlang‘ich iboralarni yaratish va boshqarish, hamyonlar ochish hamda turli tarmoq komissiyalarini tushunish kabi murakkab vazifalarni bajarishlari kerak. Elastic Chain bu jarayonni FaceID yoki Passkey’lar yordamida bir marta bosish orqali boshlash imkonini berib, osonlashtiradi.

Bu imkoniyat zerikarli boshlang‘ich iboralarga ehtiyojni yo‘qotib, foydalanuvchilarga bir marta bosish orqali hisob yaratish va tranzaksiyalarni boshlash imkonini beradi. Bu strategiya nafaqat ro‘yxatdan o‘tish jarayonini soddalashtiradi, balki texnik bilimga ega bo‘lmagan foydalanuvchilar uchun kirish to‘sig‘ini sezilarli darajada pasaytirib, blokcheyn texnologiyasidan istalgan kishining foydalanishiga yo‘l ochadi.

Manba: ZKSync veb-sayti

Uzluksiz o‘zaro ishlash

Elastic Chain foydalanuvchi nuqtayi nazaridan yagona blokcheyndek ishlaydigan, ko‘p blokcheynli yaxlit ekotizimni taqdim etadi. Bu foydalanuvchilar o‘z kriptoaktivlaridan istalgan #ZK blokcheyndagi istalgan aqlli kontrakt doirasida ko‘priklardan foydalanmasdan yoki likvidlikni bo‘lib yubormasdan erkin foydalanishi mumkinligini anglatadi.

Masalan, foydalanuvchi bir blokcheynda mukofot ishlab topib, ularni boshqa blokcheynda darhol ishlatishi mumkin va bunda zanjirlararo tranzaksiyalarning murakkab jihatlarini tushunishi shart emas. Bunday uzluksiz o‘zaro ishlash texnologiya sahna ortida ishlagan holda foydalanuvchiga ravon va intuitiv tajribani ta’minlaydi, shuning uchun odamlar texnik murakkabliklardan xavotir olmasdan o‘z ishlariga e’tibor qaratishlari mumkin.

Manba: ZKSync veb-sayti

Kundalik foydalanish uchun qulay dizayn

Blokcheyn ilovalaridagi foydalanuvchi interfeyslari dizayni ko‘pincha ko‘plab foydalanuvchilar uchun muammoli jihat bo‘lib kelgan. Elastic Chain bunga blokcheyn ilovalaridan foydalanishni istalgan ommabop raqamli xizmatdan foydalanishdek sodda qiladigan intuitiv dizayn tamoyillariga ustuvor ahamiyat berish orqali yechim taklif etadi.

Aniq va sodda navigatsiyadan tortib vaziyatga mos yordam va ko‘rsatmalargacha, Elastic Chain foydalanuvchilar texnik bilim darajasidan qat’i nazar, blokcheyn ilovalarini oson tushunishi va ulardan foydalanishini ta’minlaydi. Tranzaksiya komissiyalarini istalgan likvid token bilan to‘lash yoki ularni dApp homiyligida qoplatish imkoniyati qo‘shimcha to‘siqlarni bartaraf etib, foydalanuvchi tajribasini yanada yaxshilaydi.

Amaliy misol: Elastic Chain foydalanuvchisining bir kuni

Bu xususiyatlar foydalanuvchi tajribasini yaxshilash uchun qanday uyg‘unlashishini yaxshiroq tushunish uchun Elastic Chain foydalanuvchisi Jeynning odatiy bir kunini ko‘rib chiqaylik.

  • Ertalab: uzluksiz tranzaksiyalar
    Jeyn kunini sevimli DeFi ilovasiga FaceID orqali kirishdan boshlaydi. U avvalgi kecha boshqa ZK blokcheynidagi o‘yin ilovasidan mukofot sifatida olgan mablag‘ining bir qismini bemalol o‘tkazadi. dApp homiyligi tufayli o‘tkazma bir zumda va komissiyasiz amalga oshadi.

  • Kunduzi: zanjirlararo faoliyat
    Kunduzi Jeyn boshqa ZK blokcheynidagi NFT bozorini ko‘rib chiqishga qaror qiladi. U aktivlarini boshqa zanjirga ko‘chirmasdan yoki qo‘shimcha komissiya to‘lamasdan, mavjud kripto mablag‘lari bilan raqamli san’at asarini xarid qiladi. Jarayon ravon kechadi va Elastic Chain’ning o‘zaro ishlash imkoniyati unga xuddi yagona ekotizim ichida tranzaksiya qilayotgandek taassurot beradi.

  • Kechqurun: foydalanuvchilar uchun qulay boshqaruv
    Kechqurunroq Jeyn investitsiyalarini ko‘rib chiqmoqchi bo‘ladi. U turli ZK blokcheynlaridan ma’lumotlarni jamlaydigan portfel boshqaruvi dApp’iga kiradi. Intuitiv interfeys aktivlarini bir joyda ko‘rsatib, texnik tafsilotlarga chuqur kirmasdan moliyaviy holatini kuzatishni osonlashtiradi.

Bu uzluksiz, intuitiv va foydalanuvchilar uchun qulay tajriba Elastic Chain blokcheyn bilan o‘zaro aloqalarni qanday o‘zgartirib, ularni hamma uchun qulayroq va yoqimliroq qilishini ko‘rsatadi.


$ZK $ETH

ZK
ZK
0.00924
+1.53%