SIZ HAMMANING QILAYOTGAN ISHINI QILIB, BOSHQA NATIJANI KUTOLMAYSIZ.

O‘z yo‘lingizni yarating.
Boshqalardan farq qilish foyda keltiradi!

Hamma hamma narsani darhol xohlaydi.

Hamma tez va oson dopamin izlaydi.

Hamma robotdek 9 dan 5 gacha ishlaydi (oldiga yuksak maqsadlar qo‘ymasdan).

Hamma har kecha Netflix tomosha qiladi va videoo‘yinlar o‘ynaydi.

Hamma zararli ovqatlar va urug‘ moylarini iste’mol qiladi.

Hamma boyroq ko‘rinish uchun mashinani kreditga oladi.

Hamma o‘zi yoqtirmaydigan odamlarda taassurot qoldirish uchun kredit kartasidan me’yoridan ortiq foydalanadi.

Hamma pulsiz va maoshdan maoshgacha yashaydi.

Hamma jismonan nosog‘lom va salomatligi yomon.

Hamma avtopilotda yashaydi.
Ular o‘z hayotlarini nazorat qilmaydi.

Davom etishim mumkin edi, ammo shu yerda to‘xtayman.
Umid qilamanki, fikrimni tushundingiz.

BILASIZMI, NIMASI KULGILI?

ULAR KUN BO‘YI HAYOTIDAN SHIKOYAT QILADI-YU, UNI HAQIQATAN YAXSHILASH UCHUN HECH NIMA QILMAYDI.

“Ahvolim juda yomon…”
“Omadim hecham kelmaydi…”
“Qaniydi, men…”

BO‘LMAG‘UR GAP!

Hayotingizni NPC kabi yashab, zoye ketkazmang.
Siz bundan ancha kuchliroqsiz…

YUKSAL.