Ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda ta’minot zanjiri aktivlarini raqamlashtiruvchi TradeTech kompaniyasi Deloitte va Nexxiot KYX orqali logistika sohasini rivojlantirish uchun hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Logistika ta’minot zanjirida global savdo talablariga muvofiqlik va operatsion samaradorlikni tubdan o‘zgartirish maqsadida KYX mijozni bilish (KYC) va yukni bilish tushunchalarini birlashtiradi. Ushbu loyihada logistika sohasi uchun KILT asosida yaratilgan KYC / KYB ma’lumotnomalaridan foydalaniladi.

Bu haqda 2023-yil 7-dekabr kuni Polkadot Pulse 1.0 tadbirida bo‘lib o‘tgan KYX: FREIGHT & CARGO MEET WEB3 taqdimotida KILT Protocol’dan Ingo Ruebe hamda Deloitte Managed Services’dan Micha Bitterli va Werner Fontanive ma’lum qilishdi.

KILT Protocol asoschisi Ingo Rube Deloitte va Nexxiot ittifoqi blokcheyn integratsiyasida innovatsiyalar yaratayotganini ta’kidladi. Bu integratsiya real dunyodagi ishonchli ma’lumotlarni raqamli dunyoga olib kirish, ayni paytda ma’lumotlarni maxfiy saqlash va ularni egasining nazoratida qoldirish imkonini beradi. Ittifoq har kimga o‘z obro‘siga asoslanib yangi biznes modellarini yaratishda yordam berishni maqsad qilgan. «KILT asosida yaratilgan» markazlashmagan va ochiq kodli yechimlardan foydalangan holda, istalgan tashkilot kriptovalyutalar bilan ishlamasdan yoki blokcheynni bilmasdan, blokcheynga asoslangan xizmat yaratishi mumkin bo‘ladi.

Dengiz transporti kompaniyasi Hapag-Lloyd KYX’ni birinchi bo‘lib joriy etadi, undan keyin Vodafone’ni tizimga ulash jarayoni boshlanadi. Ushbu hamkorlik ta’minot zanjiri boshqaruvini qayta belgilash, jarayonlarni tezlashtirish va logistika xizmatlari uchun standart o‘rnatishni maqsad qilgan. Deloitte’ning shakllangan KYC xizmatlari Nexxiot’ning ilg‘or aktivlar razvedkasi texnologiyasi va me’yoriy talablarga muvofiq tasdiqlangan CINFONI platformasi bilan birlashib, KYX savdoni moliyalashtirish, bank va sug‘urta sohalaridagi manfaatdor tomonlarga foyda keltirishni va’da qilmoqda.