Bitcoin ETF’lari “muqarrar hodisa” bo‘lib, kriptovalyuta narxining keskin oshishiga sabab bo‘ladi, deya bashorat qilmoqda dunyodagi eng yirik mustaqil moliyaviy maslahat, aktivlarni boshqarish va fintech tashkilotlaridan birining bosh direktori.
Sud SEC’ga qarshi da’voda Grayscale tomonini oldi
deVere Group bosh direktori va uzoq yillardan beri kriptovalyutani qo‘llab-quvvatlab kelayotgan Nayjel Grinning ijobiy bahosi AQSh Apellyatsiya sudi Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasiga (SEC) qarshi da’voda Grayscale tomonini olgan bir paytda yangradi. SEC kompaniyaning Grayscale Bitcoin Trust’ni ETF’ga aylantirish haqidagi arizasini rad etgan edi.
Spot ETFlar asosiy aktivlarga, odatda aksiyalar yoki obligatsiyalarga, joriy bozor narxida (spot narxda) bevosita investitsiya qiladi. Ular indeks tarkibiga kiruvchi haqiqiy qimmatli qog‘ozlar portfeliga egalik qilish orqali muayyan indeks yoki aktivlar sinfi ko‘rsatkichlarini takrorlashni maqsad qiladi.
Janob Green shunday deydi: “Bu AQSh regulyatoriga qarshi kriptovalyuta sohasi uchun tarixiy huquqiy g‘alabadir.
“Sud qarori SEC’ning so‘nggi bir necha yil davomida har bir spot Bitcoin ETF’ini rad etish uchun keltirgan asosiy dalilini yo‘qqa chiqaradi.
“Bu g‘alaba Bitcoin ETF’lari uchun yo‘l ochadi.
“Tarixiy ahamiyatga ega qarordan so‘ng, endi SEC ETF’larning ishga tushishiga to‘sqinlik qilish ehtimoli juda past.
“Boshqalar qatori, ko‘plab taniqli aktivlarni boshqaruvchi kompaniyalar Bitcoin ETF’lari uchun arizalar topshirgan. Talablarga javob beradigan arizalarni SEC birgalikda ma’qullaydi, deb kutyapmiz, chunki u kimningdir muvaffaqiyatini belgilab beruvchi tashkilot sifatida ko‘rinishni istamaydi.
“Biz Bitcoin ETF’lari endi muqarrar, deb hisoblaymiz. Ular bozorga ko‘pchilik kutganidan ham ertaroq chiqishi mumkin.”
Kriptovalyuta narxi keskin ko‘tarilishi kutilmoqda
deVere bosh ijrochi direktori Bitcoin ETF’lari ishga tushirilsa, kriptovalyuta narxi uchta sababga ko‘ra keskin ko‘tarilishiga ishonadi.
“Birinchidan, Bitcoin ETF’lari ma’qullansa, kriptovalyuta bozori raqamli aktivlarga bevosita sarmoya kiritishga ikkilanib kelgan yanada kengroq doiradagi investorlar uchun ochiladi. Institutsional va chakana investorlarning yangi kapitali oqimi bitcoinga talabni oshirib, uning narxi ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin.
“Ikkinchidan, ETF’lar odatda fond boshqaruvchilari tomonidan asosiy aktivni sotib olishni o‘z ichiga oladi. Agar Bitcoin ETF’lari shu tuzilishga amal qilsa, ETF aksiyalarini ta’minlash uchun haqiqiy bitcoinlarga katta talab paydo bo‘lishi mumkin. Bu talabning ortishi va bitcoinlar taklifining cheklanganligi (ko‘pi bilan 21 million dona) talab va taklif o‘rtasidagi nomutanosiblikka olib kelib, narxning keskin ko‘tarilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
“Uchinchidan, Bitcoin ETF’larining ishga tushirilishi regulyatorlar va an’anaviy moliya institutlari nigohida kriptovalyutalarga bo‘lgan umumiy munosabatni yaxshilashi mumkin. Bunday qonuniylikning ortishi ilgari kriptovalyutalar bilan bog‘liq tartibga solishdagi noaniqliklardan xavotirlangan ehtiyotkor investorlarni jalb qilishi mumkin. ETF’lar orqali bozorga ko‘proq institutsional mablag‘ kirib kelar ekan, bitcoin narxiga ko‘tarilish bosimi yuzaga keladi.”
deVere’ning kutishicha, ilk Bitcoin ETF’lari 2024-yilning birinchi choragida, “yoki undan ham oldin” sotuvga chiqadi.
Nigel Green xulosa qiladi: “Vaziyatdan yaxshi xabardor investorlar bitcoin zaxiralarini ko‘paytirish uchun ETF’lar ishga tushirilishi mumkin bo‘lgan paytgacha kutib o‘tirmasa kerak.”
deVere Group haqida
deVere Group xalqaro, mahalliy badavlat va yuqori daromadli mijozlarga ixtisoslashgan global moliyaviy yechimlarni taqdim etuvchi dunyodagi eng yirik mustaqil maslahatchilardan biridir. Uning dunyo bo‘ylab ofislari tarmog‘i, 80 000 dan ortiq mijozlari va maslahat boshqaruvidagi 12 milliard dollari bor.