TON Storage

Internetdan foydalanganimizda bulutli xotira juda muhim ahamiyatga ega. Biroq bugungi kunda bulutli xizmatlar markazlashgan va asosiy sayt bilan muammo yuzaga kelsa, barcha maʼlumotlaringiz xavf ostida qoladi. TON Storage orqali biz aqlli shartnomalardan foydalangan holda maʼlumotlaringizni markazlashmagan tarmogʻimiz boʻylab zaxiralaydigan markazlashmagan P2P bulutli xotira tizimini yaratmoqdamiz. Bu markazlashgan yechimlarga qaraganda ancha maʼqul, chunki hech bir markaziy idora barcha maʼlumotlaringizga kira olmaydi, tarmoq tugunlari esa bir-birining maʼlumotlarini zaxiralab, ularning doimo xavfsiz saqlanishini taʼminlaydi. TON Storage gʻoyasi shundan iboratki, bu tarmoq katta qattiq disk singari ishlay oladi va undan mazkur tarmoqqa kirish imkoniga ega dApps yoki boshqa blokcheyn ilovalari ishlashi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni saqlashda foydalanish mumkin. TON Storage tugunlar oʻrtasida axborot almashish va maʼlumotlarga har doim markazlashmagan tarzda kirish imkonini berish uchun DHT tizimiga (Bitcoinda qoʻllaniladigan tizimga oʻxshash) asoslanadi. Bu tizim IPFS, Filecoin va Sia kabi tarmoqlarda koʻradigan tizimga oʻxshaydi hamda TON va ushbu blokcheynning boshqa funksiyalari bilan yuqori darajada integratsiyalashgan boʻladi.

STONfi (DEX)

Sodda, ammo kuchli STON.FI markazlashmagan moliyani misli ko‘rilmagan darajaga olib chiqib, TON missiyasini o‘zida aks ettiradi. Swap, farming va staking uchun qulay interfeysidan tortib, yaqinda ishga tushishi kutilayotgan istiqbolli va inqilobiy kross-cheyn funksiyasigacha, bu platforma TON ekotizimining mutlaq yetakchisidir

Ikki yil avval TON ekotizimining bir qismiga aylana boshlaganimda, investitsiyalarimdan daromad olishim mumkin bo‘lgan platformalar hali yo‘q edi. Joriy yilning mart oyidan boshlab TON’dagi birinchi DEX — STONFI’ni kashf qildim va CEX’da to‘plagan TONcoin’larimdan foyda olishni boshladim. O‘shandan beri men bu platformaning doimiy va sodiq foydalanuvchisiman. Unda farming, staking, swaplar va turli tadbirlarda qatnashganlik uchun beriladigan mukofotlar orqali daromadimni ko‘paytira oldim. Eng muhimi, STONFI’ning shu vaqtdan beri o‘sishi va takomillashishiga guvoh bo‘ldim va bu jarayonning bir qismi bo‘ldim. Bozorga chiqqanidan bir yil o‘tib ham, biz innovatsiyalarni davom ettirmoqdamiz va foydalanish qulayligi hamda u bilan ishlashda doimo o‘zimizni xavfsiz his qilishimizni ta’minlaydigan kuchli texnologiyasi tufayli web3’ni butun dunyoda ommalashtirmoqdamiz. Kelasi yili uzoq kutilgan kross-cheyn funksiyasi ishga tushadi. U turli blokcheynlar o‘rtasidagi o‘zaro ishlashni osonlashtiradi va natijada platformaga ko‘proq foydalanuvchi hamda likvidlik jalb etilishi kutilmoqda

TONup Launchpad

TON ekotizimida innovatsion loyihalarni ishga tushirishga ko‘maklashishni maqsad qilgan ushbu platforma mablag‘ yig‘ish, token yaratish, mentorlik, listing xizmatlarini taqdim etish hamda butun dunyodagi dasturchilarga TON’da loyihalar yaratishda yordam berish bilan shug‘ullanadi. Bugungi kunda bozorga chiqishni istaydigan ko‘plab istiqbolli loyihalar bor, biroq ularda buning uchun zarur vositalar ham, kerakli mablag‘ ham yo‘q. TONup ekotizimga muayyan qiymat qo‘shadigan loyihalarni ilgari surishga yordam berish uchun texnik va marketing bo‘yicha maslahatlar taqdim etib, bu to‘siqlarni bartaraf etadi. Yaqinda TONup’da ishga tushirilgan va TON ekotizimida ulkan muvaffaqiyat qozongan mashhur TAp fantastik video o‘yini bunga misol bo‘la oladi. Ushbu loyiha orqali ishga tushirishda qatnashayotgan foydalanuvchilarga millionlab miqdordagi mukofotlar tarqatilmoqda

TONkeeper

Bu ko‘plab foydalanuvchilar, jumladan, men ham yoqtiradigan eng yaxshi hamyon. Foydalanish qulayligi, past komissiyalari va TON’da yaratilgan aksariyat loyihalar bilan o‘zaro ishlay olishi tufayli bu hamyon boshqalardan mutlaq ustun. U TON’da yaratilgan loyihalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani soddalashtirish uchun maxsus ishlab chiqilgan. Ushbu o‘z-o‘zini boshqarish imkonini beruvchi hamyonni yuklab olib, bir necha qadamda tokenlarni qabul qilish yoki yuborishga tayyor holga keltirishingiz mumkin. U mobil telefonlar va brauzerlar uchun mavjud.