O‘qish vaqti: 2 daqiqa

Shiba Inu’ning yetakchi dasturchisi Shitoshi Kusama Shibarium’ning masshtablanuvchanlik yechimi bo‘yicha yakuniy yangilanishni e’lon qildi. Unda ushbu 2-qavat tarmog‘ini omma uchun qayta ishga tushirish ko‘zda tutilgan.

24-avgustda ishga tushganidan beri 65 000 dan ortiq hamyon va 350 000 ta tranzaksiya qayd etilgan Shibarium sezilarli darajada o‘sdi. Kusama Shibarium asosiy tarmog‘idagi uzilish vaqtida ko‘rsatgan yordami uchun Paligan, Unification va boshqa dasturchilarga minnatdorchilik bildirdi hamda Shibarium hozir yaxshi ishlayotganini aytdi.

Kusama Shibarium Bridge’ning mablag‘lari xavfsizligi va ishlashiga oid yangiliklarni ham taqdim etdi. U hamjamiyatni mablag‘lar xavfsiz ekaniga va ko‘prik to‘g‘ri ishlayotganiga ishontirdi. Ko‘prik orqali SHIB, LEASH va Ethereumni tez yechib olish 45 daqiqadan 3 soatgacha vaqt olishi, bunda kamida 2 ta tekshiruv nuqtasi talab qilinishi kutilmoqda. Biroq, BONE’ni yechib olish 7 kungacha vaqt olishi mumkin.

U hamjamiyatni Shibariumda yaratilgan kriptovalyutalarga sarmoya kiritishda ehtiyot bo‘lishga chaqirib, tegishli tekshiruv o‘tkazish muhimligini ta’kidladi. Kusama, shuningdek, Shibarium uchun ko‘prik manzili, RPC (blokcheyn mijozining asosiy dasturiy ta’minotini ishga tushiruvchi tugun) va zanjir identifikatori kabi texnik ma’lumotlarni ham ulashdi.

Shitoshi Kusama xavfsizlik, barqarorlik va markazsizlashtirishni oshirish maqsadida Shibarium samaradorligini 1 500% ga yaxshilash rejalarini avvalroq bayon qilgan edi. Yangilangan Shibarium yangi monitoring tizimi va qo‘shimcha nosozliklardan himoyalanish jarayonlarini, jumladan, RPC darajasidagi so‘rovlar sonini cheklash hamda serverni avtomatik qayta ishga tushirishni o‘z ichiga oladi.

Shibarium 24-avgust kuni ilk bor ommaga taqdim etilganida BONE va LEASH kabi Shiba Inu ekotizimi kriptovalyutalari narxi 15% ga oshgan bo‘lsa-da, tarmoq qayta ishga tushirilganidan so‘ng Shiba narxi bosim ostida qolmoqda va so‘nggi 24 soat ichida 2% ga pasaydi. Hozir u 0,0000079 dollar atrofida savdo qilinmoqda. BONE narxi 1,33 dollar atrofida bo‘lib, so‘nggi 24 soat ichida 3% ga pasaygan.

Narxlar o‘zgaruvchanligiga va so‘nggi paytlarda birjalardan tokenlarning sezilarli darajada olib chiqilganiga qaramay, Shiba va BONE egalari soni ancha oshdi. Bu Shiba Inu ekotizimiga qiziqish va undagi faollik davom etayotganini ko‘rsatadi.

#cryptocurrency #BTC #Shibainu #BinanceTournament

$SHIB $BNB $PEPE