O‘tgan haftaning oxiridan beri Bitcoin narxi atigi bir necha yuz dollarga o‘zgardi, biroq muhim ko‘rsatkich yana bir keskin harakat yuz berishiga ishora qilmoqda. Ayni paytda, likvidatsiyaning navbatdagi holati bozor momentumini muayyan yo‘nalishga burmaguncha, kriptovalyuta narxi yonlama harakatlanishda davom etishi mumkin.

Ushbu maqola yozilayotgan paytda Bitcoin 26 100 dollar atrofida savdo qilinmoqda va so‘nggi 24 soat ichida narx deyarli o‘zgarmadi. O‘tgan yetti kun davomida BTC narxi ham shunga o‘xshash harakatlandi, qolgan top-10 tokenlar esa Binance Coin (BNB) va Solana (SOL)dan tashqari bir yo‘nalishda o‘zgarib bordi.

Bitcoin narxi yangi likvidatsiya hodisasi yoqasidami?

Bitcoin’ning spot narxi bir maromda o‘zgarayotgan bir paytda, asosiy faollik “aqlli pullar” katta harakatni kutib pozitsiya egallayotgan opsion shartnomalariga ko‘chmoqda. Deribit derivativlar platformasi hisobotiga ko‘ra, ushbu sohadagi treyderlar faqat AQShda Bitcoin spot birja fondi (ETF) tasdiqlanishi mumkinligiga asoslanib, narx ko‘tarilishiga pul tikmoqda.

Shu sababli, ko‘pchilik treyderlar yil oxirigacha Bitcoin narxi 30 000 dollardan oshishiga tikib, sotib olish (call) shartnomalarini xarid qilishdi. Ular regulyator va sudlar ko‘plab murojaatlardan biri yoki aktivlarni boshqaruvchi Grayscale tomonidan berilgan da’vo bo‘yicha qaror e’lon qilishiga umid qilgan bo‘lishi mumkin.

Bu hodisalarning hech biri ro‘y bermadi, natijada derivativlar bozoridagi umumiy kayfiyat pasaydi. Call opsionlarini xarid qiluvchilar sonining keskin ortishidan ko‘rinib turibdiki, bu kayfiyat asosan ijobiy bo‘lgan, biroq AQSh Bitcoin spot ETF’i bo‘yicha qaror chiqarishni kechiktirayotgani sababli, ehtimol, salbiy tomonga o‘zgaradi.

Bu xedjlar Bitcoin narxining yaqindagi harakatiga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin: bozor ishtirokchilari muddati kechroq tugaydigan call shartnomalarini qoplash uchun spot pozitsiyalarini sotmoqda. Shu ma’noda, asosiy turtki kriptovalyuta 29 000 dollar atrofida savdo qilganida yuz bergan likvidatsiyalar zanjiri bo‘ldi.

O‘sha paytda BTC narxi bir maromda o‘zgarib turgan, derivativlar sohasidagi ochiq pozitsiyalar hajmi esa oshib borgan. Tahlilchi ta’kidlaganidek, hozir ham shunga o‘xshash vaziyat yuz bermoqda va bu pasayish ehtimoli bo‘lgan yana bir keskin harakatga olib kelishi mumkin.