AQSh Moliya vazirligi yana global moliya maydonidagi vaziyatni o‘zgartirdi. Bu safar zarba mamlakatning ikkinchi yirik banki — Bank of America’ga tushdi. Bank pul yuvishga qarshi kurash dasturlaridagi kamchiliklar va xalqaro sanksiyalarga rioya qilmagani bilan bog‘liq bir qator ishlarni yopish uchun 1,21 milliard dollar to‘lashga rozi bo‘ldi. Bu summa idora tarixidagi uchinchi eng yirik jarima bo‘lib, undan faqat Binance 2023-yilda to‘lagan 4 milliard dollar va TD Bank 2024-yilda to‘lagan 3 milliard dollar yuqori.