Bularning barchasi qachongacha davom etadi?
Ko‘pincha, ayniqsa 2025-yildan beri, bularning barchasi sodir bo‘lmoqda: dunyoning bir burchagidagi tartibsizliklar tugashi bilan boshqa burchagida boshlanadi yoki ataylab boshlatiladi. Goh Nepal, goh Bangladesh, goh Venesuela, goh Eron. Keyin Dubay, Hindiston, endi esa Pokiston va yana Eron. Endi Iroq ham bu mojaroga tortib qo‘yildi. Saudiya Arabistoni va Yaman esa avvaldan olov ichida edi. Goh bir mamlakatning ichki ishlariga, goh boshqa mamlakatning tashqi ishlariga aralashiladi.