🔷 KriptoRentgen #8:
$1INCH - $800 mlrd hajm, token −98,9%
Qisqacha: $800 mlrd+ aylanmaga ega agregator, token narxi $0,093 (kapitalizatsiyasi ~$131 mln).
Nizo: mahsulot ishlayapti, ammo daromad token egasigacha yetib boradimi? Daromadning 50%i stейkerlarga governance’da belgilangan, ammo muntazam to‘lovlarni ko‘rmayapman.
Kaput ostida: Fusion, limit buyurtmalar va Aqua (28-iyulda ishga tushgan, allaqachon 17 ta tarmoqda).
Ichki gaplar: yanvarda uchta manzildan 36,36 mln token sotilgan. Jamoa o‘zi sotganini inkor etadi, sababiy bog‘liqlik isbotlanmagan.
Xatarlar: rezolverlar. TrustedVolumes’ning buzib kirilishi ($5,9–6,7 mln) hamkorga ta’sir qilgan, 1inch’ga emas.
Xulosa: ishlaydigan mahsulotga ega spekulyativ token. −30% ga tayyor bo‘ling.
Harakat: Staking v2 va real to‘lovlarni kutyapman. Gipoteza: kirish $0,09, stop $0,07, maqsadlar $0,12 va $0,15
Mos kelmaydi: hozirning o‘zida dividend istaydiganlarga.
1INCH’ga ishonasizmi yoki tokenni bosib qo‘yishadimi?
#CryptoRay #1inch